35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar o‘zaro hamkorlikda ish tajribalarini almashmoqda
янв.21
Deputat mahallada fuqarolar bilan uchrashib, murojaatlar ijrosini o‘rgandi
янв.21
Ishlab chiqarish salohiyati va yangi investitsiya loyihalari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Deputatlik faoliyati doirasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Hududdagi umumiy ovqatlanish shoxobchalarida sanitariya holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida murojaatlar tinglandi
янв.21
Deputat mahalla faollari oldida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi
янв.21
Boston mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati va mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi muhim qonunlar
Deputatlik so'rovi yuborildi

Deputatlik so'rovi yuborildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Sanjarbek Toxirov tomonidan “Uzun tumani Elektr tarmoqlari korxonasi” boshligʻi A.Gʻafforovga DEPUTAT SOʻROVI yuborildi.

“Yangiruzgʻor” mahallasi, Juma Pirnazarov koʻchasida** istiqomat qiluvchi aholi vakillari elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash masalasida murojaat qilishgan.

Masalani joyiga chiqib oʻrganish davomida maʼlum boʻlishicha:
Hududda elektr sifati va taʼminotini yaxshilash maqsadida 800 metr masofaga yangi beton ustunlar (stolbalar) oʻrnatilgan.

Biroq, hozirgi kunga qadar ushbu yangi beton ustunlarga elektr simlarini oʻtkazish (tortish) ishlari yakuniga yetkazilmagan.

Yoz mavsumining issiq kunlarida elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoj keskin ortadi.

Aholi xonadonlaridagi maishiy texnika vositalarining barqaror ishlashini taʼminlash, eng muhimi — hududda xavfsizlikni saqlash maqsadida ushbu simlarni tez fursatlarda tortish zarurati mavjud.