Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
Mahalla – islohotlar ko‘zgusi: "Yangi kuch" MFYda o‘rganishlar davom etmoqda

Mahalla – islohotlar ko‘zgusi: "Yangi kuch" MFYda o‘rganishlar davom etmoqda

➡️Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati D.Abdunzarova tomonidan tumandagi "Yangi kuch" mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Deputat faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida mahalladagi "yettilik" tizimining ish samaradorligi tahlil qilindi.

➡️O‘rganish davomida:

✅ Hokim yordamchisi bilan aholi bandligini ta’minlash va subsidiya ajratish shaffofligi;

✅ Yoshlar yetakchisi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;

✅ Xotin-qizlar faoli bilan oilaviy ajrimlarning oldini olish va xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish;

✅ Profilaktika inspektori bilan hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.

➡️ Natija: O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berildi va ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.