Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-6-V-sonli qarori ijrosi yuzasidan komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi huzurida tuzilgan kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Mazkur komissiya mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining hududiy bo‘linmalari hamda boshqa idora va tashkilotlar tomonidan kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasida belgilangan vazifalar hamda maqsadli ko‘rsatkichlarning bajarilishini deputatlik nazorati asosida samarali tashkil etish maqsadida faoliyat yuritadi.

Kun tartibidagi asosiy masala sifatida komissiya Nizomida belgilangan vazifalar ijrosi, amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida tumanda mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar holati, ehtiyojmand oilalarni aniqlash va ularga manzilli yordam ko‘rsatish, aholi bandligini ta’minlash hamda daromad manbalarini kengaytirish, shuningdek ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 4