Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
#nazorat

Olmaliq shahridagi “Koinot” mahallasi “Ezgulik” ko‘chasi aholisidan yo‘l qoplamasining ayrim joylarida cho‘kish holatlari yuzaga kelayotgani bo‘yicha murojaat kelib tushdi.

Mazkur holatni o‘rganish va bartaraf etish maqsadida hudud deputati Subanov Sayfiddin Turgunbayevich bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish natijasida:

Asfalt qoplamasining sifatsiz yotqizilgan qismlari bo‘yicha quruvchi tashkilot vakillari bilan jiddiy suhbat o‘tkazildi. Deputat tomonidan yo‘lning yaroqsiz holga kelgan qismlarini qisqa muddatda va sifatli ta’mirlash talabi qo‘yildi.

Ob-havo sharoitini inobatga olgan holda, quruvchi tashkilot tomonidan yo‘llarni to‘g‘irlash va qayta tiklash ishlari 2026-yil aprel oyida amalga oshirilishi belgilab olindi.

"Xalqning ishonchi va davlat mablag‘i evaziga qilinayotgan har bir ish sifatli bo‘lishi shart. 

Amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan mahalla ahliga qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Slide 1 of 2