35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar o‘zaro hamkorlikda ish tajribalarini almashmoqda
янв.21
Deputat mahallada fuqarolar bilan uchrashib, murojaatlar ijrosini o‘rgandi
янв.21
Ishlab chiqarish salohiyati va yangi investitsiya loyihalari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Deputatlik faoliyati doirasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Hududdagi umumiy ovqatlanish shoxobchalarida sanitariya holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida murojaatlar tinglandi
янв.21
Deputat mahalla faollari oldida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi
янв.21
Boston mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati va mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi muhim qonunlar
Toyloqda deputat va yoshlar uchrashuvi: muloqot, tashabbus va yangi imkoniyatlar

“O‘zbekiston – 2030” va dual ta’lim: raqobatbardosh kadrlar tayyorlash yo‘lida 

 ️Uchrashuvda Prezidentimizning Murojaatnomasida belgilangan muhim vazifalar, shuningdek O‘zbekiston – 2030 strategiyasining mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Xususan, to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish doirasida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish va zamonaviy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega kadrlar tayyorlash masalalariga alohida to‘xtalib, dual ta’lim tizimini joriy etish orqali korxonalar o‘z ehtiyojiga mos mutaxassislarni tayyorlash imkoniyatlari aytib o‘tildi. Bu esa ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirib, yoshlarning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashiga zamin yaratadi. 

 Kiberxavfsizlik va axborot madaniyati — davr talabi 

 ️Bugungi raqamli davrda kiberxavfsizlik masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 

 Tuman Kengashi deputati Nasiba Mo‘minova o‘z so‘zida yoshlarni internet orqali tarqalayotgan soxta ma’lumotlar va turli aldovlardan asrash, bu borada targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish zarurligini alohida qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, ogohlik va bilim — har qanday tahdidga qarshi eng kuchli qalqondir. 

 “Yangi avlod kadrlari” — yoshlar uchun yangi imkoniyatlar 

 ️Tadbirda tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Zoyirjon Ziyodullayev partiya tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar xususida ma’lumot berdi. Xususan, O‘ZLIDEP ning Yangi avlod kadrlari loyihasi yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish, liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish, siyosiy bilimlar berish va amaliy tajriba orttirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. 

 Mazkur tashabbus yoshlarning jamiyat hayotida faol ishtirokini ta’minlash, ularni tashabbuskor va mas’uliyatli shaxs sifatida shakllantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 

 ️Bunday davra suhbatlari aholi, ayniqsa yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Ochiq muloqot, erkin fikr almashinuvi va dolzarb masalalar yuzasidan aniq tushunchalar berish orqali yoshlarda daxldorlik hissi mustahkamlanadi. 

  Zero, yurt kelajagi — bilimli, fidoyi va tashabbuskor yoshlar qo‘lidadir.
https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 6