Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”sining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

       Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”sining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 ️ Kun tartibiga quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

       Birinchi masala — Bag‘dod tumanida 2026–2027-yillarda respublika budjeti mablag‘lari hisobidan ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlash, shuningdek, ularga tutash hududlarda umumiy foydalanishdagi infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish to‘g‘risida bo‘ldi. Mazkur masala yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari U. Yigitaliyev hisobot berdi. Hisobotda rejalashtirilgan ishlar, ajratiladigan mablag‘lar hajmi hamda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihalarning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

       Ikkinchi masala — doimiy komissiyaning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida bo‘ldi. Unda ushbu yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor yo‘nalishlar, nazorat tadbirlari va tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

       Kun tartibidagi masalalar yuzasidan doimiy komissiya a’zolari hamda deputatlar tomonidan qator taklif va fikr-mulohazalar bildirildi. Muhokamalar yakunida bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda mazkur masalalarni xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 6