Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
Qonunchilik palatasi deputatlari Qiziltepa tumanida

Qonunchilik palatasi deputatlari Qiziltepa tumanida.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Narizova Iba Kushjanovna hamda Aminova Aziza Marksovna O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda manzilli ishlar bilan tanishdi.

Furqat mahallasida yashovchi, kambag‘allik reyestriga kiritilgan fuqaro Jo‘rayev Uchqun To‘rayevich xonadoniga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida fuqaroning yashash sharoiti o‘rganilib, uy-joyida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Uchrashuv davomida aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, fuqaroning bandligini ta’minlash va kelgusida barqaror daromad manbaini shakllantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 4