Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Eskirgan elektr ustunlari va past kuchlanish: muammo deputat nazoratida
Aholi murojaatlarini o‘rganish va hududlarda mavjud muammolarga amaliy yechim topish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

“22-Majnuntol” saylov okrugida o‘tkazilgan nazorat-tahlil tadbiri davomida “Majnuntol” mahallasi Islomobod ko‘chasi aholisi elektr ta’minotidagi muammo yuzasidan murojaat qildi.

Fuqarolarning ta’kidlashicha, ko‘chadagi elektr simyog‘ochlarining aksariyati eskirgan va xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan. Bu esa, ayniqsa, elektr kuchlanishining pasayishi va ta’minotdagi uzilishlarga sabab bo‘lmoqda.

Shu munosabat bilan xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 22-"Majnuntol” saylov okrugi deputati J.Xamroqulov tomonidan Termiz shahar elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i Sh.Ochilovga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida:

Islomobod ko‘chasidagi eskirgan elektr simyog‘ochlarini zamonaviy beton ustunlarga almashtirish;

tarmoq kabel tizimlarini yangilash;

elektr energiyasi kuchlanishining pastligi sabablarini tahlil qilish;

aholiga sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash;

amalga oshirilgan ishlar va ko‘rilgan choralar yuzasidan yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — murojaatni eshitish bilangina cheklanib qolmasdan, aholi ko‘tarayotgan muammoning amaliy yechimini ta’minlashdir.

Bir murojaat — bir muammo. Bir muammo — amaliy yechim sari qadam.