Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Eskirgan elektr simyog‘ochlari — deputatlik nazoratida
Aholini sifatli, barqaror va xavfsiz elektr energiyasi bilan ta’minlash — hududlarda doimiy e’tibor talab qiladigan masalalardan biridir.

Shu maqsadda “12-Saxovat” saylov okrugida o‘tkazilgan nazorat-tahlil tadbiri davomida “Saxovat” mahallasining Diyor va Iftixor ko‘chalaridagi elektr simyog‘ochlari holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida ayrim elektr simyog‘ochlarining eskirgani va o‘z xizmat muddatini o‘tab bo‘lgani aniqlandi. Bunday holat nafaqat elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelishiga, balki aholi va ularning mol-mulki xavfsizligiga ham xavf tug‘dirishi mumkin.

Aniqlangan muammoni bartaraf etish maqsadida 12-"Saxovat" saylov okrugi deputati X.Jurayev tomonidan Termiz shahar elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i Sh.Ochilovga deputat so‘rovi yuborildi.

So‘rovda:

eskirgan elektr simyog‘ochlarini bosqichma-bosqich zamonaviy beton ustunlarga almashtirish;

elektr uzatish tarmoqlarining texnik holatini qayta ko‘rib chiqish;

aholi xavfsizligi hamda sifatli va uzluksiz elektr ta’minotini ta’minlash;

amalga oshirilgan ishlar va ko‘rilgan choralar yuzasidan belgilangan tartibda yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Mazkur masala deputatlik nazoratida bo‘lib, aniqlangan kamchiliklarning amaliy yechimi va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Aholi murojaati — e’tiborda, muammo yechimi — nazoratda!