Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Ichimlik suvi isrofi: muammo deputat nazoratida
Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, mavjud tarmoqlardagi nosozliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va suv resurslaridan oqilona foydalanish — muhim masalalardan biridir.

“6-Alpomish” saylov okrugida o‘tkazilgan nazorat-tahlil tadbiri davomida “Alpomish” mahallasidagi 8-sonli ko‘p qavatli uy orqa tomonida, 16-sonli DMTT yaqinida, ichimlik suvi quvurida avariya holati aniqlangan.
Aniqlanishicha, quvur yorilishi oqibatida bir necha kundan buyon toza ichimlik suvi ko‘chaga oqib, isrof bo‘lib yotgan. To‘planib qolgan suv esa hududning sanitariya holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Bir tomondan, aholi ichimlik suvi ta’minotining barqaror bo‘lishiga ehtiyoj sezayotgan bir paytda, ikkinchi tomondan, yaroqsiz quvurdan suvning behuda oqib ketishi muammoni zudlik bilan bartaraf etishni taqozo etadi.

Shu sababli xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining “6-Alpomish” saylov okrugi deputati A.Ashurov tomonidan “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ Termiz shahar bo‘limi boshlig‘i B.Qosimovga deputat so‘rovi yuborildi.

So‘rovda:

yorilgan ichimlik suvi quvuridagi avariya holatini zudlik bilan bartaraf etish;

quvurni ta’mirlash va suv isrofini to‘xtatish;

to‘planib qolgan suvlarni bartaraf etish;

hududning sanitariya-xavfsizlik holatini tiklash;

amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.
Deputatlik nazorati — muammoni aniqlash, mas’ul tashkilot oldiga aniq vazifa qo‘yish va uning ijrosini kuzatishdan iborat.