Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Saylovchilar bilan uchrashuv

Termiz shahar Kengashi 7-okrug deputati Sh.Allamurodova "Bog‘ishamol" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ko‘p qavatli uylarda ichimlik suvi, elektr ta’minoti beqarorligi hamda Boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) xizmatidagi kamchiliklar keltirib chiqilgan. Barcha muammolar deputatning murojaat daftariga qayd etilib, mas’ul tashkilotlarga rasmiy deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

Saylovchilar bilan ochiq va samimiy muloqot qilish, ularning dardu tashvishlarini eshitish va joylardagi dolzarb muammolarga amaliy yechim topish — deputatlik faoliyatining eng ustuvor va bosh mezonidir.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 7-“Bog‘ishamol” saylov okrugi deputati Sh.Allamurodova “Bog‘ishamol” mahallasida bo‘lib, saylovchilar va mahalla ahli bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.

Mazkur muloqot va nazorat-tahlil jarayoni Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” mezonlari doirasida tashkil etildi.

Uchrashuv jarayonida ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan kommunal sohada yuzaga kelayotgan bir qator dolzarb muammolar, xususan, ichimlik suvi, elektr ta’minotidagi beqarorlik hamda Boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) xizmati bo‘yicha kamchiliklar o‘rtaga tashlandi.

Aholi tomonidan ko‘tarilgan barcha hayotiy masalalar e’tiborsiz qoldirilmadi:

1. Aniqlangan barcha kommunal muammolar deputat Sh.Allamurodovaning shaxsiy murojaat daftariga batafsil qayd etildi;

2. Murojaatlarning ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, kommunal soha kamchiliklarini bartaraf etish bo‘yicha daxldor mutasaddi tashkilotlar hamda xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga rasmiy deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.

Sh.Allamurodova: "Saylovchilarimizning har bir murojaati va e’tirozi ortida inson qadri va oilalarimiz xotirjamligi turibdi. Ko‘p qavatli uylardagi kommunal muammolar – bu aholining kundalik turmush sifatiga bevosita ta’sir qiluvchi masaladir. Biz mutasaddi idoralar oldiga qat’iy talablar qo‘yib, har bir murojaat bo‘yicha amaliy natijaga erishmagunimizcha nazoratni bo‘shashtirmaymiz," — deya ta'kidladi deputat.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi — saylovchilar manfaati yo‘lida!

Slide 1 of 2