Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
“Vaqf chorsu” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 7-“Qipchoqariq” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Nazarova tomonidan “Vaqf chorsu” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv hamda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘tkazilgan uchrashuv va o‘rganish ishlariga Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adxamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Mahalla raisi R.Matfozilov bilan mahallada mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun munosib sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha o‘rganildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ishlash tizimi, “mahalla yettiligi” hamkorligida olib borilayotgan manzilli ishlar, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash hamda hududdagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Mazkur masalalar deputat Sh.Nazarova nazoratiga olinib, kelgusida mas’ul tashkilotlar va mahalla faollari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4