Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
QURILISH CHIQINDILARI MASALASI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati I.Fayzullayev tomonidan “A.Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida A.Qodiriy ko‘chasida qurilish chiqindilari tashlab ketilgan hudud joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Mazkur holatning mahalla hududining obodonligi, sanitariya holati va ekologik muhitga ta’siri yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Deputat ushbu masalani “A.Navoiy” mahallasidagi hokim yordamchisi bilan birgalikda joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha hududda to‘planib qolgan qurilish chiqindilarini olib chiqib ketishni tashkil etish hamda masalani amaliy hal etish maqsadida tegishli mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborishga kelishib olindi.

Mazkur masala deputat nazoratiga olinib, qurilish chiqindilarining belgilangan tartibda olib chiqilishi va hududning obodonlashtirilishi yuzasidan tegishli ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2