Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
FUQARONING BANDLIGI TA’MINLANDI

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati I.Fayzullayev tomonidan “A.Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borilib, A.Qodiriy ko‘chasi 30-uyda yashovchi, ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro Abdullayev Farid Mirzayevichning yashash sharoiti va bandlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqaroning ijtimoiy holatini yaxshilash va uni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Xususan, fuqaro F.Abdullayevga o‘z xonadonida velosiped ta’mirlash faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun 10 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgani va buning natijasida u o‘z faoliyatini boshlab, mehnat qilish orqali daromad topayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur amaliy ko‘mak fuqaroning ijtimoiy reyestrdan chiqishi va doimiy bandligini ta’minlash uchun muhim imkoniyat yaratmoqda.

O‘rganish davomida fuqaro F.Abdullayev tomonidan o‘g‘lini haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘qitishda amaliy yordam ko‘rsatish masalasida ham murojaat qilindi.

Murojaat yuzasidan fuqaroga yoshlar yetakchisi orqali “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish imkoniyatlari haqida tegishli tushuntirish berildi.

Ushbu masala ham deputat I.Fayzullayev nazoratiga olinib, murojaatni belgilangan tartibda hal etish yuzasidan tegishli ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3