Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 24-“Rayhon” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Xasanova tomonidan “Rayhon” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Xususan, “Rayhon” MFY A.T.Xuqandiy mavzesida yashovchi fuqarolar Jo‘raboyeva Zohida va Abduvaitova Gulsanam ijtimoiy sharoitlari og‘irligi sababli farzandlarini bepul maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatish masalasida murojaat qildilar.

Murojaatlar deputat tomonidan atroflicha tinglanib, fuqarolarning ijtimoiy holatini inobatga olgan holda, masalani qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Mazkur murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish va farzandlarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish masalasini hal etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga kelishib olindi.

Mazkur murojaatlar deputat nazoratida bo‘lib, ularning ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4