Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
FUQARO MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI: KO‘CHADA ASFALT YOTQIZISH ISHLARI BOSHLANDI

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati I.Fayzullayevning fuqarolar bilan o‘tkazgan qabuli davomida Sadoqat saylov okrugi hududidagi “A.Navoiy” mahallasida joylashgan Yangi yo‘l ko‘chasini ta’mirlash masalasi ko‘tarilgan edi.

Fuqarolar tomonidan ko‘chaning yo‘l qoplamasini ta’mirlash va asfaltlashtirish yuzasidan bildirilgan murojaat deputat tomonidan o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etildi.

️Natijada Yangi yo‘l ko‘chasida asfaltlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlarining borishi deputat I.Fayzullayev tomonidan shaxsiy nazoratga olinib, ish jarayoni joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Deputatga mazkur o‘rganish va nazorat ishlarida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamrohlik qildi.

Fuqarolar murojaatining amaliy yechim topishi natijasida mahalla aholisining transport va piyodalar harakati uchun yanada qulay sharoit yaratish imkoniyati kengaymoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3