Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
QURILISH OBYEKTI BILAN BOG‘LIQ MUROJAAT JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Charxini ko‘prigi” saylov okrugidan saylangan deputati G.Rasulova tomonidan “Yalong‘och ota” mahalla fuqarolar yig‘inida qurilish ishlari bilan bog‘liq fuqarolar murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Xususan, Turkiston ko‘chasi 28-uyda renovatsiya dasturi asosida “Dream House” qurilish firmasi tomonidan barpo etilayotgan ko‘p qavatli uy qurilishi natijasida mazkur qurilish obyektiga qo‘shni bo‘lgan Turkiston ko‘chasi 30-uyda yashovchi fuqarolar tomonidan murojaat kelib tushgan.

Murojaatni o‘rganish maqsadida deputat G.Rasulova, “Yalong‘och ota” MFY hokim yordamchisi M.Sodiqov hamda “Dream House” qurilish firmasi ish boshqaruvchisi Isroilov A. ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida aholining xavfsizligi va yashash sharoitlariga e’tibor qaratilib, qurilish obyekti tomonidan Turkiston ko‘chasi 30-uy hududini himoya devori bilan to‘sish, shuningdek, mavjud suv va gaz quvurlarini yangilash hamda uy oldi hududini asfalt qoplamasi bilan qoplab berish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

“Dream House” qurilish firmasi vakili tomonidan mazkur ishlarni 2026-yil sentyabr oyining oxirigacha yakunlash majburiyati bildirildi.

Deputat tomonidan fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan masalani ijobiy hal etish, qurilish ishlari davomida aholining manfaatlarini ta’minlash hamda belgilangan ishlarning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilib borish ma’lum qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4