Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#19_1_modda
#Kengash_raisi_deputat_sifatida
#24_ta_masala
#Okrugda_o‘rganish
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Navro'z" mahallasida 8,5 km ichimlik suvi tarmog‘i qurilishi ko‘rib chiqildi

Bandixon tumanida aholi farovonligini ta’minlash, hududiy infratuzilma ob’ektlarini yaxshilash hamda aholini toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash borasida deputatlik nazorati tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi, 18-Navro'z saylov okrugi deputati E.Jurayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Navro'z" MFYda bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ichimlik suvi tarmog‘ini qurish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Monitoring jarayonida ta’kidlanganidek, ushbu mahalla hududiga diametri D-160–200 mm bo‘lgan yangi ichimlik suvi quvurlari keltirilib, 8,5 km masofada yotqizish ishlari jadal olib borilmoqda. Mazkur loyihaning foydalanishga topshirilishi "Navro'z" mahallasi aholisining toza ichimlik suvi ta’minotini tubdan yaxshilash imkonini beradi.

Tashrif yakunida qurilish ishlarini sifatli va belgilangan grafiklar asosida yakunlash bo‘yicha soha mas’ullariga tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3