Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📢 AHOLI MUROJAATLARI — E’TIBOR VA NAZORATDA

🤝 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi raisi O. Tursunov, tuman Kengashi deputati Q. Raxamov,“Madad” NTT bosh mutaxassisi S. Ochilovlar Sherobod tuman Xalq qabulxonasida bo‘lib, Sherobod tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi J. Jo‘rayev bilan aholi murojaatlari bilan ishlash tizimining amaliy holati yuzasidan fikr almashdilar.

📌 Uchrashuv davomida Xalq qabulxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–51-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF–5633-son Farmoni talablari asosida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔎 Xususan, tumandagi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan fuqarolarning murojaatlarini:
🔹 har tomonlama;
🔹 to‘liq;
🔹 xolis;
🔹 qonunda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish;
hamda murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni amaliy hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

📋 Shuningdek, murojaatlar bilan ishlashda mavjud muammolar, ularning sabablarini aniqlash, fuqarolarga berilayotgan javoblarning asoslanganligi va murojaatlarning natijadorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Mazkur ishlar xalq deputatlari Kengashi doimiy komissiyalarining qonun hujjatlari va Kengash qarorlari ijrosini o‘rganish hamda hududdagi ijtimoiy masalalarni nazorat qilish bo‘yicha vakolatlari doirasida amalga oshirilmoqda.

🎯 Asosiy maqsad — fuqarolarning murojaatlari e’tiborsiz qolmasligi, har bir murojaat qonuniy, xolis va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda ko‘tarilgan muammolarning amaliy yechimini ta’minlashdir.

🤝 Xalq bilan muloqot — ochiqlik va ishonch asosi!

📢 Har bir murojaat — e’tiborda!

⚖️ Fuqarolar manfaatlari — ustuvor!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 5