Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 19¹-moddasi asosida deputatlik nazoratini amalga oshirish maqsadida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyat mudiri X.Berdiyarova tomonidan Boyovut tumani hokimi o‘rinbosari hamda Oila va xotin-qizlar bo‘limining mas’ul xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida tumanda sha’riy nikoh asosida yashab kelayotgan oilalar, ularning qonuniy nikohini rasmiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda oilaviy muammolarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda Boyovut tumanida 87 ta oila sha’riy nikoh asosida yashab kelmoqda. 2026-yil boshidan shu kunga qadar sha’riy nikoh asosida yashab kelgan oilalarning 34 tasi bilan qonuniy nikoh rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, 61 ta oila bo‘yicha ishlar sud ijrosida turgani qayd etildi. Mazkur oilalar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda oilaviy nizolarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ul xodimlarning axborotlari tinglandi.

Uchrashuv yakunida sha’riy nikoh asosida yashayotgan oilalar bilan tushuntirish va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, ularning qonuniy nikohini belgilangan tartibda rasmiylashtirishga ko‘maklashish hamda sud ijrosidagi oilalar bilan individual ishlashni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3