Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
YUNUSOBOD TUMANIDA YOSHLAR VA ISHSIZ FUQAROLAR UCHUN MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI

Yunusobod tumanida yoshlar va ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ularning bandligini oshirish hamda doimiy daromad manbaini yaratish maqsadida mehnat va loyihalar yarmarkasi o‘tkazildi.

👥Yarmarkada 28 ta korxona va tashkilot o‘zlaridagi 950 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Yaratilayotgan ushbu imkoniyatlar, ayniqsa, yoshlarning munosib ish topishi, kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishi va mustaqil daromad manbaiga ega bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.

👥Yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar deputatlik nazoratining doimiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda deputatlar tomonidan hududdagi yoshlar bandligi bilan bog‘liq masalalar muntazam o‘rganilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

🇺🇿Yoshlar bandligi — yurt taraqqiyoti va farovon kelajak garovidir!

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3