Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Yunusobod tumanidagi “Sobirobod” mahallasida Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Normatova Sobura Vohobovna tomonidan yoshlar yetakchisining hududdagi faoliyati o‘rganildi.

✅O‘rganish davomida xonadonma-xonadon yurib, ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularning bandligini ta’minlash hamda doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Mazkur suhbat deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida tashkil etilib, hududdagi yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu jarayon “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

📝Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish va fuqarolar bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3