Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
“XASITMOM” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI IZCHIL DAVOM ETMOQDA

“XASITMOM” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI IZCHIL DAVOM ETMOQDA

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Olmazor tumanida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish va sanitariya holatini yanada yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda

⚡️ Xususan, Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Sanoat Yaxyayeva tashabbusi bilan “Xasitmom” mahallasida hududni obodonlashtirish, atrof-muhitni ozoda saqlash hamda aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.

🗣 Mazkur jarayonlarda deputat, mahalladagi “yettilik” vakillari hamda tegishli mas’ullar o‘zaro hamkorlikda ish olib bormoqda. Hududdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ko‘chalar va umumiy foydalanish joylarini tartibga keltirish, sanitariya holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🌱 Bunday amaliy ishlar mahalla qiyofasini yanada obod va ko‘rkam qilish, aholiga munosib va qulay muhit yaratish, shuningdek, Mustaqillik bayramini ozoda va fayzli hududlarda kutib olishga xizmat qilmoqda.

🤝 Obodlik — hamjihatlik va fidoyilik mahsuli. Mahallalarda mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha deputatlik nazorati hamda amaliy
ishlar davom ettiriladi.

🇺🇿 Obod mahalla — farovon hayot garovi!
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!


👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 5