O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Abdullayev Bahrom Ismoilovich Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida davlat dasturiga kiritilgan Bulung'ur tumanining M39 yoʻlidan Bulungʻur-Urgut, yaʼni 4R47 yoʻli ikkinchi kilometrida joylashgan temiryoʻl kesishmasida yoʻl oʻtkazgich qurilish ish jarayoni bilan tanishdi.
Shuningdek, Ijtimoiy soha obyektlari bilan tanishish maqsadida 9-son maktabgacha ta’lim tashkilotidagi qo‘shimcha bino qurilish jarayonlari bilan tanishdi. Bolalarga yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishib mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.