Sessiya ishini Kengash raisi Sh.Negmatov olib bordi. Sessiya ishida o'ndan ziyod masala ko'rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:
- Viloyatda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish, omillarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilgan choralar bo‘yicha viloyat Prokurori M.Eshnazarovning axboroti;
- “Zarbdor tajribasi” asosida hududlar iqtisodiy o‘sishiga turtki beruvchi 2-bosqich drayver loyihalari infratuzilmasini moliyalashtirish to‘g‘risida;
- Samarqand viloyati tumanlaridagi ayrim mahalla fuqarolar yig‘inlarining bosh rejalarini va unga tutash mahallalarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida;
- jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida;
- yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) to‘g‘risida;
-viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida;