O‘rganish davomida qurilish ishlarining bugungi holati, loyiha hujjatlariga muvofiqligi, foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifati hamda ishlarning belgilangan jadval asosida olib borilayotgani atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Ta’kidlanganidek, mazkur stadion nafaqat maktab o‘quvchilari, balki mahalla yoshlari uchun ham zamonaviy sport bilan shug‘ullanish imkoniyatini yaratadi.
Shu bilan birga, “Ochiq budjet” tashabbusi doirasida amalga oshirilayotgan bunday loyihalar aholining taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, hududlar infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qilayotgani alohida e’tirof etildi.
Nazorat tadbirlari davom etmoqda