Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan dolzarb masalalar qatorida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo ham ko‘tarildi. Murojaatchilarning bildirishicha, hudud uchun zarur bo‘lgan elektr sim yog‘ochlari oldindan olib kelingan hamda ularni o‘rnatish uchun joylar ham tayyorlab qo‘yilgan. Biroq, mazkur ishlar 2 yildan buyon yakuniga yetkazilmay, sim yog‘ochlar hanuzgacha o‘rnatilmagan.
Mazkur holat deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, mas’ul tashkilotlarga deputatlik so'rovi chiqarilishi. Ushbu muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi va ijrosi nazoratga olinishi ma’lum qilindi.