Новости

Последние новости

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida shahar IIB tomonidan joriy yilning o‘tgan uch oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot eshitildi.

Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov ochdi va olib bordi.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi doirasida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda profilaktik ishlarni kuchaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan mavjud muammolar muhokama qilinib, tizim samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 4