Tuman Kengashi deputati tomonidan profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi. Profilaktika inspektori bilan hamkorlikda hududda voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan monitoring tadbirlari amalga oshirildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni (№ O‘RQ-263) talablariga muvofiq o‘tkazildi.
Monitoring davomida:
Mahalla va ta’lim muassasalarida voyaga yetmaganlar bilan ishlash holati o‘rganildi;
Nazoratda turgan voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq hodisalar va huquqbuzarliklar tahlil qilindi;
Voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish hamda ularning xavfsiz va sog‘lom muhitda o‘sishi uchun amalga oshirilayotgan profilaktika choralari tekshirildi;
Shuningdek, ushbu tadbirlar yoshlar orasida huquqbuzarliklarni kamaytirish, ularning sog‘lom va tartibli tarbiyalanishini ta’minlash hamda mahallalarda xavfsiz ijtimoiy muhit yaratishga qaratilgan.