Новости

Последние новости

Ayollar va bolalar huquqlari – e’tibor markazida

Tuman Kengashi deputati I.Karimova tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy-huquqiy choralar toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida tumanda ayollar va bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy muhitda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish, shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Slide 1 of 4