Новости

Последние новости

Surxondaryo viloyatida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining III qo‘shma Plenumi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya viloyat Kengashi raisi Sadulla Abduraimov tomonidan 2025-yil yakunlari yuzasidan batafsil ma’ruza qilindi.

Ma’ruzada yil davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda ko‘rsatkichlar aniq raqamlar va misollar asosida tahlil etildi. Tadbirda deputatlar, partiya faollari, ilg‘or ishtirokchilar hamda yoshlar keng ishtirok etdi.

Plenum yakunida faol va tashabbuskor deputatlar munosib rag‘batlantirilib, ularga faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Slide 1 of 9