Новости

Последние новости

Deputat so‘rovi: Maktab ta’miri va tozalik masalasi nazoratda

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati A.Qurbonaliyeva tomonidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari R.Xamrayev hamda “Toza hudud” DUK rahbari I.Boboqulovga bugun 51-ds-400-26-sonli va bugun 52-ds-400-26-sonli rasmiy deputat so‘rov yuborildi.

Ushbu murojaatda “Jinjaktepa” mahallasi aholisi talabi asosida 42-sonli maktab sport zalini mukammal ta’mirlash masalasi ilgari surilgan. Shuningdek, hududdagi barcha xonadon va tadbirkorlik subyektlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha aniq choralar ko‘rilishi so‘ralgan. Bundan ko'zlangan maqsad — maishiy chiqindilarni tashish bo‘yicha 100 foizlik shartnomalar tuzilishini ta’minlash va hudud tozaligini saqlashdir. 

Deputat tomonidan ko‘tarilgan ushbu dolzarb masalalarning ijrosi qat’iy nazorat ostiga olindi.

Slide 1 of 1