Chirchiq Davlat Pedagogika universiteti rektori, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati G.Muhammedov iqtidorli yoshlar bilan uchrashdi.
Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan uchrashuv doirasida pedagoglar tayyorlash tizimida olib borilayotgan islohotlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, ChDPU infratuzilmasi va talabalarga yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot tinglandi.
Uchrashuvda universitetning strategik muvaffaqiyatlarida talabalarning alohida o‘rni borligi va universitet rivojida yoshlarning g‘oyalari, ularning amalga oshirayotgan ishlari muhimligi ta’kidlandi.
Ochiq muloqotda yoshlar o‘zlarini o‘ylantirayotgan masalalar, qiziqtirayotgan savollar va takliflari bilan o‘rtoqlashdi.
https://t.me/TV_Kengash