Prezidentimiz tomonidan iqtidorli yoshlarni xorijiy universitetlarda o‘qitish uchun “Prezident iqtidorli farzandlari milliy dasturi”ning amalga oshirilishi mamlakatimiz iqtidorli yoshlari uchun keng imkoniyatlarni yaratib berishi, shubhasiz.
Xususan, ta’limning rivoji bilan butun bir davlatning kelajagini belgilash mumkin. Respublikamizdagi ta’lim sohasining rivojlanishida biz albatta rivojlangan xorijiy davlatlar tajribalaridan keng foydalanishga katta e’tibor berishimiz zarur.