O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 15 maydagi “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-86-son Farmoni qabul qilindi.
Respublika miqyosida iqtidorli yoshlarni qamrab oluvchi Milliy dastur joriy etilmoqda.
Milliy dastur doirasida hududlar kesimida 1500 tagacha kvota ajratiladi.
Milliy dastur doirasida saralab olingan o‘quvchilar Agentlik tizimidagi maktablarning maktab maslahatchilariga biriktiriladi va maxsus platforma orqali 10–11-sinfda ta’lim olish davrida ular uchun qo‘shimcha o‘qish tashkil etiladi.
Milliy dastur ishtirokchisi bo‘lgan o‘quvchilar uchun dunyoning ilg‘or oliy ta’lim tashkilotlari qabul talablaridan kelib chiqib, Agentlikning “Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida qisqa muddatli o‘quvlar tashkil etiladi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati F.Umarov