Ta’lim tizimi taraqqiyoti jamiyatning barcha sohasidagi muvaffaqiyatni ta’minlaydi.
Prezidentimiz raisligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalar bizlarning dasturiy maqsadlarimizga uyg‘un ekanligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘qituvchilar va pedagoglarning mehnati munosib qadrlanishi va rag‘batlantirilishi bu boradagi sa’y-harakatlarimizni yanada kuchaytirishimizga ilhom bag‘ishlaydi.