Новости

Oq oltin MFYda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi

 Oq oltin MFYda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi 

  

Oltiariq tumani "10-Bo‘ston" saylov okrugi xududidagi Oq oltin MFYning Oltiariq va Naqishbandiy ko‘chalarida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari A.Ergashev, kotibiyat mudiri A.Yursunov va tuman hokimi
maslahatchisi M.Axmedovlar infrotuzilmani yaxshilash yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borishdi.
Oq
oltin MFY mahalla yettiligi bilan bo‘lgan suhbatda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar mavjudligi, aholidan kuz-qish mavsumida sim yog‘ochlarning eskirganligi va uzulishlar yuzaga kelayotganligi bo‘yicha
murojaatlar ko‘payganligi ta’kidlandi.
Ko‘chama-ko‘cha yurib o‘rganishlar natijasida Naqishbandiy va Oltiariq ko‘chalarida 15 ta temir-beton tayanch ustunlari o‘rnatish lozimligi aniqlandi va mas’ullarga
deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.
 

   

Slide 1 of 4