Новости

Uchrashuv

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga Xo‘jayli tumanidan saylangan deputat I.Niyazov va Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashi deputati, tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Xudaybergenovlarning navbatdagi manzili tumandagi "Murtazabiy" va "Madaniyat" mahalla fuqarolar yig‘inlari bo‘ldi.

Ushbu manzillarda deputatlar mahalla yettiligi bilan uchrashib, hududning yo‘l, ichimlik suvi bo‘yicha va yana boshqa sohalardagi muammolarini o‘rgandi.

Bildirilgan takliflar bo‘yicha tegishli soha rahbarlariga topshiriqlar berilib nazoratga olinishi aytib o‘tildi. 

Slide 1 of 2