Xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashiga 22-Sarishungil saylov okrugidan saylangan deputat G.Bazarbayeva tomonidan tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i M.Uteniyazovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Deputat so‘rovida bo‘lim tomonidan hududiy dasturlarni ishlab chiqish va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga taqdim etish bo‘yicha yo‘l xaritasi, chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanganligi va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berish so‘ralgan.
Bu orqali tumanlik Kengash deputatlari soha rahbarlarining rejalari va ularning ijrosini jamoatchilik asosida nazorat qilish rejalashtirilgan.