Новости

“UCH AVLOD UCHRASHUVI”: 302-MAKTABDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI

Tadbirda Milliy gvardiya faxriylari, mas’ul ofitserlar, “Billur” MFY raisi, ota-onalar hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularni vatanparvarlik, yurtga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, tadbir davomida vatanparvarlik ruhidagi videoroliklar namoyish etildi.

Mazkur ma’naviy tadbir ota-onalar va o‘quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Maktab ma’muriyati hamda tashkilotchilarning sa’y-harakatlari ota-onalar tomonidan alohida e’tirof etildi.

Slide 1 of 3