Новости

🔰Inklyuziv ta‘lim holati o‘rganildi.

🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati D.Saidova “A.Temur” MFY hududida joylashgan 23 va 24-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida inklyuziv ta‘lim tizimi samaradorligini tahlil qildi.

📝O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e‘tibor qaratildi:

▫️Inklyuziv sinflardagi shtat birliklari, xodimlar faoliyati va mavjud vakant o‘rinlar tahlil qilindi.

▫️Alohida ta‘lim ehtiyojlari bo‘lgan (ATEB) o‘quvchilar uchun to‘siqsiz muhit yaratilganligi va individual ta‘lim dasturlarining borishi tekshirildi.

▫️Korreksion xonalar faoliyati, maxsus pedagoglar ishi hamda bolalarga ko‘rsatilayotgan psixologik-pedagogik yordam tizimi o‘rganildi.

🔸Tahlil natijalari asosida maktablarda inklyuziv ta‘lim sifatini yana-da oshirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 4