✅Xalq deputatlari tuman kengashining haftalik ish rejasiga asosan: "Do'stlik" MFYda fuqarolar murojaatlari joyida o'rganildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasiga asosan, 7-"Yangi yo'l" saylov okrugidan saylangan deputat Safargul Rajabova "Do'stlik" mahalla fuqarolar yig'inida bo'lib, hududdagi mavjud holat va fuqarolarning murojaatlarini joyiga chiqqan holda o'rgandi.
Tashrif davomida mahalliy aholi vakillari bilan samimiy muloqot tashkil etilib, ularni o'ynatib kelayotgan masalalar, ijtimoiy muammolar hamda takliflar tinglandi. Fuqarolar tomonidan ko'tarilgan har bir murojaat diqqat bilan markazga olinib, ularni qonuniy doirada hal etish yuzasidan mas'ul tashkilotlar oldiga vazifalar qo'yildi.
Deputat fuqarolarning muammolarini o'z vaqtida hal qilish, mahallada qulay va farovon turmush sharoitini yaratish yo'lidagi ishlar doimiy ravishda e'tibor markazida bo'lishini ta'kidladi. O'rganish davomida hal etilishi lozim bo'lgan masalalar bo'yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.