Aholiga sifatli va arzon mahsulotlar yetkazilishi deputat e’tiborida
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 2-Shodlik saylov okrugidan saylangan deputat A.Bakiyev tumanimizdagi “Bahoriston” MFY hududida joylashgan oziq-ovqat savdo do‘konlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Tadbirkorlar va sotuvchilar bilan o‘tkazilgan samimiy muloqotda mahsulotlar narxini asossiz oshirmaslik, aholini xavfsiz va sifatli oziq-ovqat tovarlari bilan ta’minlash hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.