O‘ZBEK TILI — MILLIY G‘URURIMIZ VA O‘ZLIGIMIZ TIMSOLI!
Bugun, 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tumanimizda ko‘tarinki ruhda va smimiyatga boy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tantanali tadbirda Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi, deputatlar, tuman hokimligi va keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar faol ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar davlat tilining jamiyatimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, uni kelajak avlodga sofligicha yetkazish har birimizning fuqarolik va milliy burchimiz ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdilar.