SESSIYA OLDI NAZORAT: Deputat S.Rajabova Navro‘z mahallasida bo‘ldi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati S.Rajabova navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalarning ijrosini ta’minlash, hududlardagi real holatni o‘rganish maqsadida tumanimizdagi Navro‘z mahallasida bo‘ldi.
O‘rganish jarayonida deputatga tegishli ijro organlari vakillari hamrohlik qilib, mahalla hududidagi dolzarb masalalar, aholini o‘ylantirayotgan muammolar hamda belgilangan chora-tadbirlarning ijro etilish holati atroflicha ko‘rib chiqildi.