Kambag‘allikni qisqartirish: Tuman hokimi Xabibulla Bozorov deputat sifatida Chaqar mahallasidagi uchrashuvi
Davlat rahbarining 3-sentabrdagi yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Uzun tumanida aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha manzilli ishlar olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan tuman hokimi, deputat Xabibulla Bozorov hamda AT “Aloqabank” Boshqaruvi vakillari Chaqar mahallasida bo‘lib, mahalliy tadbirkorlar va aholi vakillari bilan muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda fuqarolarning muammo hamda takliflari eshitilib, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan aniq amaliy yechimlar belgilandi.