Yangi kuch mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining kotibiyat bosh mutaxassisi Shaxnoza Ergasheva 24 talik tavsiyalar ijrosi yuzasidan "Yangi kuch" mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
24 talik tavsiyalarga muvofiq, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son "Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tahlil o‘tkazildi.