Deputat va “mahalla yettiligi” hamkorligi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi aʼzosi Sanjarbek Toxirov oʻz saylov okrugidagi Yangi ro'zg'or mfy aholisi muammolarini oʻrganish va ularni ijobiy hal etish maqsadida “mahalla yettiligi” faollari bilan izchil ish olib bormoqda.
Navbatdagi oʻrganishlar davomida bir guruh fuqarolar, xususan, xotin-qizlarning murojaatlari mahalla faollari va deputat ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida aniqlangan muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha aniq choratadbirlar belgilandi va ijrosi deputat hamda mahalla faollari tomonidan nazoratga olindi.