#24_ta_masala
#Deputatlik_nazorati
#Kengash_Kotibiyat_faoliyati
#Kengash_va_hokimlik_hamkorlikda
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining 18-Oqostona saylov okrugidan saylangan deputat Azamjon Kamolovning saylov okrugida joylashgan “Saxovat” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-49-son qarori ijrosi doirasida “og‘ir toifa”ga kiritilgan mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.
O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirilib, qurilish va obodonlashtirish ishlarining sifati hamda belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.