Yangi kuch” mahallasida yangi tizim tahlili:
Soliq tushumlarining 10 foizi mahalla muammolarini hal etishga yoʻnaltirilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash, yaʼni mahallalarda “Mahalla budjeti” tizimini samarali joriy etish maqsadida Uzun tumanida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur farmonga koʻra, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari tushumlarining 10 foizi toʻgʻridan-toʻgʻri mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmalariga yoʻnaltirilishi belgilangan.
Tuzilgan maxsus ishchi guruh tomonidan tumandagi “Yangi kuch” mahallasida ushbu tizimning joriy etilish holati, mablagʻlarning shakllanishi va ulardan maqsadli foydalanish darajasi atroflicha oʻrganildi.